Jahon banki 25 ta loyihani hayotga tadbiq etish uchun Oʻzbekistonga umumiy qiymati qariyb 5 milliard AQSH dollari mablagʻ yoʻnaltiradi

18:55 20 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
823 0

Foto: stolicaonego.ru

Joriy yil 18-yanvar kuni Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli boshchiligidagi bank delegatsiyasining Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududiy boshqaruv, ijtimoiy soha vakillari, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari bilan onlayn uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi maʼlumotlariga koʻra, tomonlar Jahon bankining 2022–2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturini muhokama qilgan.

Bundan tashqari, uchrashuvlarda Jahon banki guruhining 2016–2021-moliyaviy yillardagi Oʻzbekiston bilan hamkorlik dasturini amalga oshirish natijalari, erishilgan muvaffaqiyatlar, Jahon bankining Oʻzbekistondagi joriy dasturi portfeli (2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, umumiy qiymati qariyb 5,0 mlrd AQSH dollari miqdoridagi 25 ta loyiha), yangi hamkorlik dasturini shakllantirishda asosiy yoʻnalishlar boʻyicha takliflar ham muhokama qilindi.

Jahon bankining 2022–2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturini muhokama etish maqsadida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari vakillari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi farmoyishiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda 2022–2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturini tayyorlash, uni mamlakat taraqqiyot Strategiyasi bilan uygʻunlashtirish maqsadida hamkorlikning 10 ustuvor yoʻnalishida 10 ta ishchi guruh shakllantirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер