Zelenskiy Rossiyaga murojaat qildi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaqin Sharqdagi sulh munosabati bilan oʻzining “Telegram” kanali orqali Rossiyaga murojaat qildi.
Uning taʼkidlashicha, Ukraina Rossiya bilan mojaroda har doim sulhga chaqirib kelgan. Zelenskiy Kiyev ham Yaqin Sharqdagi “sokinlik” qoʻllab-quvvatlashiga ishontirdi.
“Ukraina yana bir bor Rossiyaga takrorlaydi: agar ruslar hujumlarini toʻxtatsa, biz ham shunga oʻxshash javob berishga tayyormiz. Otishmani toʻxtatish kelishuvlar uchun qulay sharoit yaratishi hamma uchun ayon”, — deya yozgan Zelenskiy.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan “energiya sulhi”ga tayyorligini eʼlon qilgan edi. Kiyev energetika obyektlariga hujumlarni oʻzaro toʻxtatishni taklif qilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bu tashabbus Moskvaga AQSH orqali yetkazilgan. Rossiya bu gʻoyani rad etdi va uni harbiy harakatlarda tanaffus olishga urinish deb atadi.
Bundan tashqari, 3-aprel kuni Zelenskiy Ukraina AQSHga Pasxa bayramida sulh tuzish toʻgʻrisida soʻrov yuborganini, ammo amerikaliklar buni Rossiyaga yuborish imkoniyatiga ega boʻladimi yoki yoʻqmi nomaʼlumligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring