Rossiya fuqarolarini Yevropa va AQSHdan chiqarib yuborish kerak — Zelenskiy

12:13 16 Fevral 2026 Dunyo
289 0

Vladimir Zelenskiy Gʻarb davlatlarining Rossiyaga nisbatan qoʻllayotgan sanksiyalari natijaga erishish uchun yetarli emasligini taʼkidladi. Ukraina prezidenti bu haqida “Politico” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Zelenskiyning fikricha, Yevropa davlatlari va AQSH hozirgacha Rossiya yadroviy sanoati, xususan Rosatom, shuningdek, Gʻarbda yashayotgan rossiyaliklar va ularning yaqinlariga nisbatan qatʼiy choralar koʻrmagan.

“Yevropaliklar koʻp ish qilishdi, ammo bu yetarli emas. Rossiyaliklarning Yevropa va AQSHda tonnalab mulklari, farzandlari va qarindoshlari bor. Ular Rossiyaga, uyiga qaytsin”, — degan Zelenskiy.

 

Videodan kadr

Shuningdek, Ukraina prezidenti maslahatchisi Mixaylo Podolyak Zelenskiyning ushbu bayonotiga aniqlik kiritib, gap sanksiyalar ostiga olingan rossiyaliklarning qarindoshlari haqida ketayotganini qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?