Zelenskiy Oq uydagi tortishuv uchun Trampdan kechirim soʻradi

28-fevral kuni Oq uyda oʻtkazilgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasidagi muzokaralar yakuni mojaro bilan tugagan edi. AQSH rahbari Zelenskiyni Rossiya bilan urushni tugatishni istamaslikda ayblagan boʻlsa, vitse-prezident Jey Di Vens Ukraina yetakchisini Amerikani hurmat qilmaslikda aybladi.
Mazkur holat tufayli ikki mamlakat oʻrtasida tuzilishi kerak boʻlgan Ukraina hududidagi foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha kelishuv imzolanmagan. Zelenskiy esa muddatidan oldin muzokarani yakunlab, Oq uyni tark etgandi.
Mazkur holat yuzasidan Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Qoʻshma shtatlar rahbariga kechirim maktubi yoʻlladi, deb xabar bermoqda «DW» nashri.
Unda aytilishicha, Zelenskiyning Trampga yuborgan kechirim maktubi haqidagi maʼlumotlarni Qoʻshma Shtatlar yetakchisining maxsus vakili Stiv Uitkoff “Fox News” telekanalidagi jonli efiri vaqtida gapirib bergan.
“Ukraina rahbari Zelenskiy AQSH rahbariga maktub yoʻlladi. U Oval kabinetda yuz bergan mojarodan afsusda ekanini bildirib, kechirim soʻradi. Bu muhim qadam boʻldi. Ushbu holat bizning jamoalarimiz, voqeaga aloqador ukrainaliklar va yevropaliklar oʻrtasida koʻplab munozaralarga sabab boʻlgandi”, — deydi Stiv Uitkoff.
AQSH prezidentining maxsus vakili Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy yoʻllagan ushbu maktubda aynan nimalar deyilgani haqida batafsil toʻxtalmagan.
Maʼlumot uchun, Vladimir Zelenskiy 4-mart kuni oʻzining “X” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Oq uyda boʻlib oʻtgan uchrashuvdan koʻngli toʻlmaganini va bundan afsusda ekanligi haqida yozgan edi.
“Bunday boʻlganidan afsusdaman. Barchasini toʻgʻrilash vaqti keldi. Kelgusi hamkorlik va muloqot konstruktiv boʻlishini istaymiz”, — degandi Zelenskiy.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring