Zarifboy Ibodullayevning “Xalq oldida javob berasiz” sarlavhali video murojaati boʻyicha rasmiy bayonot berildi

12:08 30 Avgust 2021 Jamiyat
1072 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi Zarifboy Ibodullayevning 28-avgust kungi “Xalq oldida javob berasiz” video murojaati boʻyicha bayonot berdi. 

Bayonotga koʻra, joriy yilning 27-28-avgust kunlari koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3-faza klinik sinovlari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot Xitoy fond bozori, Reyter axborot agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi saytlarida eʼlon qilindi. 

Tadqiqot natijalariga koʻra 3-dozadan soʻngZF-UZ-VAC2001 vaksinaning samaradorligi barcha shtammlar uchun umumiy 81,76%, “britancha” shtammga qarshi esa 92,93% tashkil etdi. Oʻlim va ogʻir holatlarga qarshi 100% samaradorligini koʻrsatdi.

Pfizer vaksinasining samaradorligi 85%, AstraZeneca 68% ekani, Moderna vaksinasi esa “birlamchi” shtamm (Uxancha) uchun yuqori samaradorlikni koʻrsatib (94%), “delta” shtamm uchun 76% gacha pastlagani ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?