Zargarlarga qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqi berilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, sohada ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, buning asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni tayyorlash hisobiga kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining 2023-yil 1-martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibini joriy qilish boʻyicha takliflari maʼqullanadi.
Belgilanishicha,
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmasi doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo koʻrinishida qayta sotish huquqisiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans toʻlovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotiladi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotib olish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qimmatbaho metallarga boʻlgan ehtiyojini koʻrsatgan holda murojaat qiladi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlovni kafolatlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda “Oʻzmilliybank” AJ kafolatini taqdim etadi;
“Oʻzmilliybank” AJ tovar-xom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Facebook 7 million yevro jarimaga tortildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring