Zarchob-1 gidroelektr stansiyasining ishga tushishi 80 kishini ish bilan taʼminlaydi

16:17 06 Dekabr 2020 Jamiyat
1360 0

Sariosiyo tumanidagi “Toʻpalang” suv omborida Zarchob-1 va Zarchob-2 kichik gidroelektr stansiyalari ham barpo etilyapti. Loyihalar ishga tushishi natijasida energiya olish quvvati jami 250 megavattga yetkaziladi.

Zarchob-1 GESning quvvati 38 megavatt boʻlib, 2ta agregatdan iborat. Qurilishning umumiy narxi 80 mln AQSH dollari boʻlib, qurilish dekabr oyining oxirida yakunlanadi.

“Zarchob-1 kichik GES qurilishi 2017-yil avgust oyida boshlangan, deydi “Toʼpalang HPD Platinum” MCHJ bosh muhandisi Nuriddin Salimov. MCHJmizda jami 1100 kishi ishlaydi, ushbu GES ishga tushishi bilan yana 80 kishi ish bilan taʼminlanadi”.

Inobat AHATOVA, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?