Zarbdorda “Hokim olimpiadasi” oʻtkazildi

16:23 08 Aprel 2026 Sport
190 0

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi-2026” dasturlari doirasida stol tennisi boʻyicha “Zarbdor tuman hokimi olimpiadasi” boʻlib oʻtdi.

Shijoatli yoshlarni birlashtirgan navbatdagi sport bayramida sport maktabi tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari qoshidagi sport klublarining 12-14 yoshli eng iqtidorli vakillari ishtirok etishdi.

Musobaqaning har bir daqiqasi keskin raqobat va murosasiz bahslarga boy boʻldi Yosh tennischilar raketkalarda nafaqat tezkor zarbalar berishdi, balki yuksak sport madaniyati, temir intizom va gʻalabaga boʻlgan kuchli irodasini namoyon qildi.

Bu kabi musobaqalar nafaqat chempionlarni saralab beradi, balki davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlashgan holda, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Muhim fakt: Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida Jismoniy tartib va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham Zarbdor tumani yoshlari uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida eʼtirof etilgan edi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?