Zarbdor soliqchilari yangi binoli boʻlishdi

11:56 16 Oktyabr 2020 Jamiyat
185 0

Zarbdor tumani aholisi va soliq organlari xodimlariga yana-da qulayliklar yaratish, byudjet tushumlari va sifatini yaxshilash, masofaviy onlayn xizmatlar koʻlamini oshirish maqsadida Davlat soliq inspeksiyasining yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi.

— «Yevrosportstroy» masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilgan bino qurilishi uchun 4 milliard soʻmdan oshiqroq mablagʻ sarflandi, — deydi Jizzax viloyat DSB boshligʻining birinchi oʻrinbosari Bekzod Tashpulatov. — Binoni qurish va jihozlashda zamonaviy talablar va innovatsion usullarga hamda “Soliq toʻlovchi-tadbirkorga koʻmakchi” tamoyilining amaldagi ifodasi aks etishiga eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytib oʻtish lozimki, koronavirus pandemiyasi davri boʻlishiga qaramay Zarbdor tumanida soliq prognoz koʻrsatkichlari yil boshidan buyon rejaga nisbatan har chorak oshirib bajarilmoqda. 3-chorakda byudjetga jami tushim 14 116,6 million soʻmni tashkil etdi. Yil boshidan buyon 43 377,1 million soʻm oʻrniga 47 489,1 million soʻm, yaʼni 109 foizga tushum taʼminlangan. Natijada, tuman DSI jamoasi ragʻbatlantirishga munosib deb topilib yangi yengil xizmat avtomobili bilan taqdirlandi.

Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?