Zarafshonda “Isteʼmolchilar uyi” qurilishiga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida qator ishlar amalga oshirilyapti. Bunda “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirishga hamda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlari joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur ezgu ishlarda davlat rahbarining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ham muhim dasturilamalga aylangan.
Eʼtiborlisi, ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ham qator tashabbuslar amalga oshirib kelinmoqda.
Aholining isteʼmol madaniyatini oshirish, tuman va shaharlarda kutubxona xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida huquqiy va badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga koʻmaklashuvchi “Isteʼmolchilar uyi” loyihasi ishlab chiqilgani buning tasdigʻidir.
Mazkur loyiha doirasida hududlarda oʻz ichiga zamonaviy “Book cafe” va bepul Wi-Fi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron oʻquv qurilmalari bilan taʼminlangan “Isteʼmolchi kutubxonasi”, fuqarolarning isteʼmolchi sifatida murojaatlarini qabul qilish va ularga bepul yuridik xizmat koʻrsatuvchi “Isteʼmolchi qabulxonasi” hamda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatuvchi oʻquv markazlarini qamrab oluvchi yaxlit bir maʼmuriy komplekslar qurilmoqda.
Shu kunga qadar Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bogʻdod, Fargʻona, Koson, Olot, Dehqonobod, Boysun, Toʻraqoʻrgʻon, Izboskan, Qoʻshtepa tumanlarida hamda Fargʻona va Margʻilon shaharlarida 16 ta barcha qulayliklarga ega boʻlgan majmualar bunyod etildi. Yil oxiriga qadar yana 8 ta ana shunday maʼnaviyat va maʼrifat maskani ishga tushirilishi hamda ularda yuzga yaqin yosh oʻgʻil-qizlarning ish bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.
Bugun Federatsiyaning ushbu loyihasi asosida, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ham “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining qurilish ishlari boshlandi.
Rasmiy poydevor qoʻyish tadbirida, Federatsiya raisi J.Sarimsoqov va Zarafshon shahar hokimi A.Radjabovlar ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring