Zangiotadagi noqonuniy hujrada bolalarga tazyiq oʻtkazib kelingani aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyati Zangiota tumanida xonadonida hujralar tashkil etib, moddiy daromad evaziga bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati IIBB hamda Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Zangiota tumani Chinor mahallasida yashovchi 44 yoshli shaxs va uning 65 yoshli xolasi ikki xonadonda yashirin tarzda hujra tashkil etilgani aniqlangan.
Ular yetarli diniy bilimga hamda tegishli ruxsatnomaga ega boʻlmagan holda oʻz xonadonlarida jami 15 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy taʼlim berib kelgan. Jumladan, bir xonadonda 10 nafar, ikkinchisida esa 5 nafar bola yashash va taʼlim olish sharoitlari bilan joylashtirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, har bir bola uchun oyiga 1 million soʻmdan 300 AQSH dollarigacha miqdorda pul olgan. Ayrim holatlarda bolalarga nisbatan jismoniy tazyiq oʻtkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan noqonuniy diniy taʼlim berish bilan shugʻullangan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 229 (2)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan ota-onalarga nisbatan ham maʼmuriy choralar koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring