Zamonaviy texnologiyalarning oʻrni va roli

11:17 03 Noyabr 2020 Jamiyat
1078 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining 2020-yil ilmiy ishlar rejasiga asosan qurollanish va otish kafedrasi tomonidan “Otish tayyorgarligi fanini oʻqitishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining oʻrni va roli” mavzusida harbiy-ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad ofitserlar tarkibini tayyorlashda oliy harbiy taʼlim muassasasining oʻquv tarbiyaviy jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va tahlil qilish va ularni oʻquv jarayoniga keng tatbiq qilish, professor-oʻqituvchilarning uslubiy mahoratini oshirish kabilardan iboratdir.

Anjumanda Mudofaa vazirligi Markaziy apparati, akademiyaning professor-oʻqituvchilari, 4-bosqich kursantlari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda harbiy okruglar jangovar tayyorgarlik boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy texnik instituti va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Oʻzbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy tibbiyot fakulteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Kichik mutaxassislar tayyorlash markazining vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda xorijiy mamlakatlar armiyalarining harbiy xizmatchilarni oʻqitish va bevosita jangovar harakatlarda tayyorlash borasida qoʻllayotgan zamonaviy trenajyor vositalari hamda ularning rivojlanish yoʻnalishi keng muhokama etildi va ular borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Xolmuhammad JOʻRABOYEV

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?