Yurtimizning barcha hududlari noyob mobil mammografiya komplekslari bilan taʼminlandi

Butun dunyoda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham koʻkrak bezi saratoni ayollar oʻlimi sabablari orasida birinchi oʻrinda turadi. U koʻpincha 45-65 yoshda rivojlangani sababli bu yoshdagi ayollarni har 2 yilda bir marta mammografik tekshiruvlardan oʻtkazish uchun maqsadli guruhlar shakllantirilgan.
Rentgen mammografiyasi koʻkrak bezi saratonini erta bosqichda aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Shu paytgacha bu tekshiruv bilan yurtimizning chekka hududlari aholisini qamrab olish muammo edi.
— Prezidentimiz 2019-yil aprelda Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida bergan topshirigʻi asosida hududda mammografik skrining dastlab tajriba loyiha sifatida amalga oshirila boshlandi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzagʻolib Tillashayxov. — Buning uchun 13 ta statsionar va 2 ta koʻchma mammografiya komplekslari jalb qilindi.
Natijada 130 ming nafardan ortiq ayollar tekshiruvdan oʻtkazilib, koʻkrak bezi saratonining 280 dan ortiq yangi holatlari aniqlandi, ularning 88 foizi kasallikning 1-2 bosqichida edi.
Buxorodagi pilot loyihaning ijobiy effektini hisobga olib, rentgen mammografiyasi tekshiruvlarini yurtimizning eng chekka mintaqalariga yetkazish uchun har bir hududga bittadan, jami 13 ta koʻchma mammografiya kompleksi taqdim etildi.
Avvalroq Namangan, Nukus va Samarqandda 3 statsionar mammografiya xonasi foydalanishga topshirilganini hisobga olsak, skrining xonalarining umumiy soni 31 taga yetdi. Ularning 15 tasi mobil va 16 tasi statsionar faoliyat uchun moʻljallangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring