Yurtimizga olib kiriladigan ayrim tibbiy asbob-uskunalar va sarflov materiallari QQSdan ozod etildi

11:28 12 Aprel 2022 Jamiyat
833 0

“Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra:

2017-yil 1-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorida koʻrsatilgan, yuridik shaxslar tomonidan, jumladan, lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiy uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari hamda sarflov materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Tibbiy asbob-uskunalar va buyumlarning ehtiyot qismlarini hamda sarflov materiallarini oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlarga asosan, 2025-yil 1-yanvarga qadar yurtimizga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?