Yurtimizda koronavirusga bir kunda oʻrtacha 10 mingta PZR-test topshirilmoqda

14:59 30 Iyun 2022 Jamiyat
286 0

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining dinamikasiga nazar tashlasak, joriy yil 14-iyundan boshlab aholi orasida kasallanish koʻrsatkichlari nisbatan ortayotganini koʻrish mumkin.

Shu bois ayni paytda yurtimizda xastalikni erta aniqlash, oʻz vaqtida zarur davo choralarini koʻrish maqsadida COVID-19ga gumon qilingan shaxslardan PZR-test tahlillarini olish ishlari samarali tashkil etilyapti.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati maʼlumotiga koʻra, joriy yil 15-25-iyun kunlari mamlakatimizda kuniga oʻrtacha 5629 ta, jami 62 mingga yaqin PZR-test sinamasi oʻtkazilgan.

Soʻnggi kunlarda esa bu raqam qariyb ikki barobarga ortib, kuniga oʻrtacha 10 ming nafar fuqarodan PZR-test tahlillari olinmoqda.

Qayd etish kerakki, oʻtgan yil iyun oyining oxirgi haftasida jami 284 500 ga yaqin ana shunday sinama tahlillari oʻtkazilgan edi.

Maʼlumot uchun, kecha Oʻzbekistonda yana 97 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 240 764 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?