Yurtimizda 5,6 milliondan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

10:55 16 Oktyabr 2021 Jamiyat
372 0

Joriy yil 15-oktabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 229 111 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 96 724 nafarni,

— 2-bosqich emlanganlar 71 505 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 60 882 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 23 645 856 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 12 692 440 nafarni,

— 2-bosqichda emlanganlar 7 456 816 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 3 496 600 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 5 605 575 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

— Toshkent viloyati (29 169 doza),

— Surxondaryo viloyati (25 445 doza),

— Namangan viloyati (24 409 doza) band qildi.

Shuningdek, Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida jami qoʻllanilgan vaksinalar miqdori 2 million dozadan oshib ulgurgan.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?