Yurtdoshlarimizning haq-huquqi tiklanib, 200 ming rubl ish haqi undirib berildi

Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyatidigi “Meliorator” korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz – Gʻ.S va uning turmush oʻrtogʻi U.G ish beruvchi oylik ish haqini bermayotganini aytib murojaat qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi xodimlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan mazkur korxonaga borib, vaziyatni oʻrganganida, korxona rahbari yurtdoshlarimizni pasportlari va ikki oylik ish haqlarini bermasdan ishlatayotganligi maʼlum boʻldi.
Muzokaralar natijasida mehnat migrantlarining pasport va 200 ming rubl oylik ish haqlari olib berildi.
Ish beruvchi Rossiya Federatsiyasining tegishli huquqiy-meʼyoriy hujjatlari boʻyicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring