Yurtdoshlarimiz noqonuniy guruhlarga aralashmaslik boʻyicha ogohlantirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakili hududdagi “Vistrel”, “Artefakt” korxonalarida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.
Mehnat migrantlari korxona tomonidan taqdim etilgan sharoitlar yaxshiligi, oylik maoshi oʻz vafqtida toʻliq berilishi va ularga nisbatan hech kim tazyiq oʻtkazmasligini bildirdi.
Bundan tashqari, fuqarolarimizga soʻnggi vaqtlarda Rossiya Hukumatining migratsiya yoʻnalishida kiritayotgan oʻzgarishlari haqida maʼlumot berildi. Turli noqonuniy guruhlarga aralashib qolmaslik boʻyicha ogohlantirildi.
Shu kuni Agentlik vakilligiga murojaat qilgan fuqaro T.A.ning hujjatlari va 40 ming rubl miqdoridagi oylik maoshi “Lavash-63” korxonasidan olib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring