Yurtdoshimiz Polshada boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqada kumush medalni qoʻlga kiritdi

18:55 24 Iyun 2023 Sport
1350 0

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bekzod Qurbonov Polshada xalqaro musobaqa ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik.

Yurtdoshimiz “Szary Michalowice” majmuasi mezbonlik qilgan turnirda kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Mahoratli chavandozimiz ushbu muvaffaqiyatga balandligi 140-145 smni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash dasturida erishdi.

Bellashuvlarda hamyurtimizga “Santos Hippica” laqabli tulpor hamrohlik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?