Yuristlar malakasini oshirish markaziga direktor tayinlandi

13:01 20 Sentyabr 2021 Jamiyat
817 0

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev vazirlik qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Sh. Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

Sh. Rabiyev 2020-yildan shu kunga qadar vazirlikning Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?