Yuqoridan qaralsa “Yangi Oʻzbekiston” bogʻining shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga oʻxshashi va buning ramziy maʼnosi aytildi

16:04 31 Avgust 2021 Siyosat
709 0

Avval xabar berganimizdek, bugun, 31-avgust kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi va Mustaqillik monumentining tantanali ochilish marosimi boʻldi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, agar yuqoridan nazar tashlansa, bogʻning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga oʻxshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yoʻnalishini ramziy maʼnoda ifoda etadi.

Ushbu boqqa joriy yil 1-may kuni ilk koʻchatlar ekilgan edi. Tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, nuroniylar va yoshlar bilan maslahatlashib, “Yangi Oʻzbekiston” majmuasining gʻoyaviy va meʼmoriy yechimlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?