Yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar bemorlar tashvishini yengillashtiradi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 58 turdagi yuqori texnologiyali tibbiy asbob –uskunalar bilan jihozlantirilmoqda. Bu uskunalarning umumiy qiymati 5,4 million AQSH dollarini tashkil etayapti.

-Yurtimizda aholi salomatligi muhofazasiga katta eʼtibor qaratilmoqda,- deydi mazkur filial rahbari, tajribali shifokor Gʻafur Saidov.- Maskanimiz uchun yangi tibbiy uskunalarning har biri qadrli. Xususan, investitsiya dasturi doirasida 14,7 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga radiologiya boʻlimi va maxsus radiologik bunkerni oʻz ichiga olgan ikki qavatli zamonaviy bino barpo etilganini alohida taʼkidlamoqchiman. Shuningdek, viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahalliy byudjetdan 3,4 milliard soʻm ajratilib, rentgen – radiologiya boʻlimi rekonstruksiya qilindi.

Bevosita zamonaviy tibbiy uskunalar haqida toʻxtaladigan boʻlsak, ular vositasida yil davomida ikki ming nafarga yaqin bemorni zamonaviy nur terapiyasi bilan davolash, koʻplab xastalarga zamonaviy usullarda jarrohlik amaliyotini bajarish, kuniga oʻrtacha 30 kishini MRT tekshiruvidan oʻtkazish mumkin boʻladi. Onkologik kasalliklarni davolash samaradorligi oshishi bilan bir qatorda, bemorlarning shifo istab mamlakatimiz poytaxti yoki chet ellarga borishlariga zarurat qolmaydi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring