Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish uchun davlat kafolatisiz birinchi korporativ kredit olinadi — Energetika vazirligi

01:05 15 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
587 0

Foto: Energetika vazirligi Matbuot xizmati

YETTB delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi tarixida energetika loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatisiz birinchi korporativ kredit ajratilishi toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) delegatsiyasiga Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad va Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay boshchilik qilishdi.

YETTB va Energetika vazirligi mutasaddiligidagi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻrtasida kredit olish uchun mandat xati imzolandi.

Moliyalashtirish mablagʻlari 500 kV Sarimoy-Jonkeldi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ajratiladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, bu elektr uzatish tarmogʻi mamlakatning ikki viloyatida quriladigan shamol elektr stansiyalari (quvvati 500 MVt boʻlgan “BASH” shamol elektr stansiyasi (Buxoro viloyati) va quvvati 500 MVt boʻlgan “Jonkeldi” shamol elektr stansiyasi (Navoiy viloyati)ning quvvatini toʻgʻridan-toʻgʻri taʼminlaydi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mazkur ikkita shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?