Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla oʻrtasidagi farq juda katta — Prezident

12:44 03 Aprel 2024 Siyosat
128 0

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla oʻrtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit boʻyicha vaziyat bir xil emasligi taʼkidlandi.

Masalan, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti. Ular oʻzi va farzandlari kelajagiga investitsiya kiritish uchun mablagʻ ajrata olmaydi.

Iqtisodiy kompleks tashkilotlarida bu borada tahlil yoʻqligi, turli moliyaviy instrumentlar orqali bu oilalar daromadini oshirishni oʻylab koʻrmagani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?