Yunusobodda oʻtgan yili 1 mingta maktab bitiruvchisi IELTSdan yuqori ball olgan

14:02 03 Aprel 2024 Siyosat
192 0

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Shuningdek, tumandagi 44 ta maktabni oʻtgan yili 4 ming 400 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlib, 1 mingtasi IELTSdan yuqori ball olgan. Ulardan 3,5 mingtasi yoki 78 foizi oliygohlarga kirgan.

Bunday natijaning sabablaridan biri – maktablarni 2-3 tadan sinf xonasi shartnoma asosida xususiy oʻquv markazlariga darsdan keyin foydalanish uchun berilgan.

Bu tajribani kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?