Yunusobodda 6ta mashina ishtirokida avariya roʻy berdi

Joriy yilning 22-yanvar kuni soat 17:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod koʻchasida joylashgan “Anjir” kafesi roʻparasida, haydovchi, 2001-yilda tugʻilgan X.X. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda harakatlanayotib tezlikni pasaytirgan vaqtida, uning ortidan kelayotgan:
1) 1996-yilda tugʻilgan S.N. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli;
2) 1977-yilda tugʻilgan N.R. boshqaruvidagi “Epika” rusumli;
3) 1984-yilda tugʻilgan M.S. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli;
4) 1993-yilda tugʻilgan A.V. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli;
5) 1992-yilda tugʻilgan I.R. boshqaruvidagi yana bir «Matiz» rusumli avtomobillar ishtirokida oldinma-ketin toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring