Yunusobod tumanining Iftixor koʻchasida yoʻlning maʼlum qismi vaqtincha yopilmoqda

12:11 25 Iyun 2020 Jamiyat
624 0

25-iyun kuni kun davomida Yunusobod tumanining Iftixor koʻchasida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Poytaxt hokimligi maʼlum qildi.

"Bu jarayonda mazkur yoʻnalishda yoʻl qatnov qismining faqat bitta harakatlanish chizigʻi avtomobillar uchun ochiq boʻladi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yoʻllardan harakatlanishlarini tavsiya qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?