Yunusobod tumanida yana bir koʻchaning ayrim qismlari vaqtincha yopilmoqda

2020-2021-yillar Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida 3-iyuldan Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasining Anorzor koʻchasiga burilish uchun moʻljallangan qoʻshimcha koʻchadan oʻtuvchi magistral issiqlik tarmogʻini kapital taʼmirlash ishlari boshlanmoqda.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining bergan xabariga koʻra, mazkur magistral issiqlik tarmogʻining kapital taʼmirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 17 ta avariya holatlari qayd etilgan.
Taʼmirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv taʼminoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi.
Ish jarayonida Ahmad Donish koʻchasining Anorzor koʻchasiga burilish uchun moʻljallangan qoʻshimcha koʻcha toʻliq yopiladi va ushbu yoʻnalishdagi avtotransport qatnovi asosiy yoʻldan amalga oshiriladi.
“Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yoʻllardan foydalanishlari tavsiya etiladi”, - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring