Yunusoboddagi avtohalokat oqibatida piyoda vafot etdi 

14:25 05 Avgust 2022 Jamiyat
243 0

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022-yilning 04-avgust kuni soat taxminan 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasida, haydovchi 1997-yilda tugʻilgan O.M. “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Y 777 RA boʻlgan avtomashinada harakatlanib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda - 1992-yilda tugʻilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. 
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?