YUNESKO Fargʻonani aholisi dunyoning eng oʻqimishli shaharlari roʻyxatiga kiritdi

Germaniyaning Gamburg shahrida YUNESKOning navbatdagi onlayn sessiyasida Fargʻona shahri aholisi dunyoning eng oʻqimishli shaharlari roʻyxatiga kiritildi.
Taʼlim shaharlari global tarmogʻiga yana 26 mamlakatdan 54 ta yangi aʼzo qabul qilinib, mazkur roʻyxatdagi dunyo shaharlari soni 230 taga yetdi. Bu shaharlar jahonning 64 ta mamlakatidan saralab olingan.
— Pandemiya sharoitida dunyoning turli mamlakatlaridagi YUNESKO taʼlim shaharlari uzluksiz taʼlimni amalga oshirishga munosib ekanini isbotladi, — dedi Uzulksiz taʼlim instituti direktori Devid Achoarena.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Fargʻona viloyatida 947 ta umumtaʼlim maktabi, 23 ta nodavlat taʼlim muassasalari, 10 dan ortiq oliy taʼlim dargohlari faoliyat koʻrsatmoqda. Birgina oliy taʼlimning oʻzida 30 ming nafar yoshlar qamrab olingan boʻlib, viloyatda Osiyo va Yevropa qitʼasining nufuzli OTMlari tashkil etilgan.
Yaqin kunlarda Margʻilon shahrida Turkiyaning Bursa Uludag oliy dargohi filiali oʻz faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring