YUNESKO Bosh direktori Samarqandga keldi

09:47 26 Avgust 2019 Jamiyat
441 0

Bugun Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi.

Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun 25-avgust kuni Samarqandga BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov kutib oldi.

YUNESKO BMTning 17 ta ixtisoslashgan muassasalaridan biri boʻlib, 1945-yil 16-noyabrda tuzilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Bugungi kunda YUNESKOga 195 mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston tashkilotga 1993-yil 26-oktyabrda aʼzo boʻlgan.

Oʻzbekiston bilan ushbu tashkilotning hamkorligi izchil rivojlanmoqda. Mamlakatimiz YUNESKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan.

Samarqandda ertaga oʻtkaziladigan xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivali ham YUNESKO shafeligida tashkil etilmoqda.

OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?