Toshkentda uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

19:01 11 Mart 2023 Jamiyat
926 0

Foto: IIBB

2023 yil, 11 mart kuni soat taxminan 13:00 larda Olmazor tumani, Ahmad Donish ko‘chasidagi “Taxtapul” ko‘prigi ustida uchta avtomobil ishtirokida yuz bergan to‘qnashuv oqibatida ikki fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, 20 yoshli haydovchi “Changan” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan 41 yoshli haydovchi B.K.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, boshqa yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 38 yoshli haydovchi F.X.ning “Cobalt” rusumli avtomashinasiga borib urilgan.

YTH natijasida “Matiz” avtomashinasi yo‘lovchilari 38 yoshli T.A. hamda 20 yoshli A.G‘. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?