Yozyovonda Yoshlar bogʻi ochildi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanidagi “Xonobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida hashar yoʻli bilan Yoshlar bogʻi tashkil etildi.
Yozyovon tuman hokimligi tashabbusi bilan boshlangan xayrli ishga 500 million soʻm miqdorida mablagʻ jalb qilinib, salkam bir gektar maydondan iborat ushbu bogʻda turfa daraxt nihollari, anvoyi gullar oʻtqazildi, favvora, amfiteatr, Vook-cafe, sport maydoni barpo etildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida Yoshlar bogʻining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir yozyovonlik 31 nafar kichkintoyning sunnat toʻyiga ulanib ketdi.
Nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tantanada fayzli dasturxon yozildi. Toʻy bolalarga kitoblar, velosiped, oʻyinchoq va shirinliklar sovgʻa qilindi. Taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga yanada xush kayfiyat baxsh etdi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring