Yozyovonda “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi boshlandi

16:07 24 Yanvar 2022 Jamiyat
662 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanidagi “Yuqori Soyboʻyi” MFY hududida 65 gektar maydonda “Yangi Oʻzbekiston” massivining qurilishi boshlandi.

Zamonaviy shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida ishlab chiqilgan loyiha uch yilga moʻljallangan boʻlib, birinchi bosqichda 33 ta 5 va 7 qavatli 948 ta xonadondan iborat uylar qurilishi rejalashtirilgan. Loyihada imkoniyatdan kelib chiqib, koʻp qavatli uylar qurish hajmini yanada oshirish mumkinligiga eʼtibor qaratilgan.

Ikkinchi bosqichda 29 ta, uchinchi bosqichda 24 ta, toʻrtinchi bosqichda 52 ta koʻp qavatli uylar qurilib, “Yangi Oʻzbekiston” massivida hammasi boʻlib 138 ta koʻp qavatli turar-joylar 3 ming 856 oilani oʻz bagʻriga oladi.

Yangi shaharchada “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi, Madaniyat saroyi, maktab va bogʻchalar, poliklinika, xizmat koʻrsatish va savdo markazlari ham qurish va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish koʻzda tutilgan. Oʻz navbatida hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, issiqxonalar tashkil etish orqali bu yerga koʻchib keluvchilar bandligi taʼminlanadi.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Yangi Oʻzbekiston” massivida rejalashtirilgan qurilish loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga oʻz taklif va amaliy tavsiyalarini berdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?