Yozyovonda “Yangi Oʻzbekiston” massivi qad rostlaydi

14:56 01 Dekabr 2021 Jamiyat
908 0

Foto: "Xalq so'zi"

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev saylovoldi uchrashuvlari chogʻida Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Bagʻdod tumanining Guliston shaharchasi misolida Yozyovon, Oltiariq, Fargʻona tumanlarida ham kamida 4-5 ming xonadonli yangi shaharchalar bunyod etish tashabbusini ilgari surgan edi.

Ezgu maqsadni roʻyobga chiqarish maqsadida Yozyovon tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi uchun “Yuqori Soyboʻyi” MFY hududida 53,7 gektar yer maydoni tanlandi. Yangi massivda 135 ta 5 qavatli, jami 2700 ta xonadondan iborat turar joy binolari, 1080 oʻrinli 2 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 140 oʻrinli 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 250 oʻrinli madaniyat uyi, poliklinika, mahalla binosi, xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlariga 741 mlrd. soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilmoqda.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivi loyihasi bilan tanishdi.

– Bagʻdod tumanining Guliston shaharchasida oʻtgan qisqa fursatda amalga oshirilgan ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlariga juda ham havasimiz kelgan edi,– deydi Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov. – Yozyovonda ham tez orada Yangi Oʻzbekistondagi bugungi hayotbaxsh islohotlarga mos zamonaviy shaharcha qad rostlaydi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?