Yozyovonda Katta Fargʻona kanaliga o`oʻzini tashlagan oʻsmir hamon qidirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanida oʻzini Katta Fargʻona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Fargʻona viloyati prokuraturasi shu boʻyicha rasmiy bayonot berdi.
«Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, 2020-yil 22-dekabr kuni Yozyovon tumanida tugʻilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Fargʻona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan oʻtgan qismiga oʻzini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.
Voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilmoqda», — deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring