Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratilgan

18:06 16 Avgust 2022 Jamiyat
507 0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha bepul oʻquv amaliy kurslarini onlayn tarzda tashkil etish vazifasi belgilandi. Vazifani ijrosi Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yuklatildi.

Shu bilan birga, 2022 — 2024-yillarda yoshlarning yangi gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan biznes loyihalarini moliyalashtirish ushbu sxemaga muvofiq ajratiladi.

Kredit ajratish shartlari:

— kredit oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq yosh tadbirkorlik subyekti boʻlishi lozim;

— kredit miqdori — har bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan 2 000 baravarigacha;

— kredit muddati — 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 3 yil;

— foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda;

— kredit taʼminoti — qonunchilikda va bank kredit siyosatida taqiqlanmagan taʼminot turlari, jumladan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kredit summasining 50 foizigacha miqdoridagi kafilligi.

Kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:

— avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarishga;

— alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, chilim va elektron sigaretalarni ishlab chiqarishga;

— savdo-vositachilikni amalga oshirishga;

— umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga;

— taʼmirlash-qurilish ishlariga, shu jumladan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini tashkil etishga;

— ishlab chiqarish maqsadlaridan tashqari xarajatlar, shu jumladan maʼmuriy xarajatlarni toʻlash va xizmat avtotransport vositasini sotib olishga;

— tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalarni tashkil etishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?