Yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi joriy etildi — Shavkat Mirziyoyev

21:31 30 Iyun 2022 Siyosat
725 0

Foto: president.uz

Prezident Yoshlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Dehqonchilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan 560 ming tengdoshingizga joriy yilda 155 ming gektar yer maydoni ajratilib, 800 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shuningdek, yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi joriy etildi.

Bu imkoniyatdan 715 ming nafar yoshlar ishlayotgan 7,5 ming korxona foydalandi.

Albatta, mamlakatimizda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha ham katta-katta qadamlar qoʻyilmoqda.

Bu borada Yangi Oʻzbekistonning yangi maktablari – Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar koʻlami kengayib, ularda tahsil olayotgan oʻquvchilar yuqori natijalarga erishmoqda.

Oʻtgan oʻquv yilida birgina Prezident maktablarini bitirgan 424 nafar oʻgʻil-qizlarning barchasi oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi.

Ularning 102 nafari xorijdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgani tahsinga sazovordir».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер