Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash ustuvor yoʻnalishga aylandi — Prezident

Foto: president.uz
Prezident Yoshlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Aziz farzandlarim!
Dunyodagi murakkab vaziyatni oʻzingiz koʻrib turibsiz. Har kuni yangi-yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelayapmiz.
Bunday vaziyatlarda xalqimizning irodasi va matonatiga tayanib, Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona toʻgʻri yoʻlni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz.
Mehnatkash va bagʻrikeng, olijanob xalqimiz, sizday bilimli, faol va shijoatli oʻgʻil-qizlarim bor ekan, biz har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib oʻtamiz!
Xabaringiz bor, biz mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratdik. Mahallalarda 9,5 ming nafar yoshlar yetakchilari oʻz faoliyatini boshladi.
Hozirga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 mingdan ortiq yigit-qizlarning muammolarini hal etishga 650 milliard soʻm yoʻnaltirildi.
Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash ustuvor yoʻnalishga aylandi.
Soʻnggi ikki yilda 174 ming nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 4 trillion 400 milliard soʻm imtiyozli kreditlar yoʻnaltirildi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring