Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash uchun 10 mlrd. soʻmgacha grant ajratiladi

08:38 18 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
502 0

“Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–52-son, 15.01.2022-y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-yanvargacha turizm subyektlari va aviatashuvchilarning xorijdan Oʻzbekistonga charter reyslari uchun xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun (kamida 5 kecha tunaganda) 10 AQSH dollari, qishda (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

2022-yil 1-maydan yoshlarning tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln soʻm miqdorida, jami 10 mlrd soʻmgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablagʻlari:

— onlayn toʻlovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yoʻnaltiriladi;

— grant mablagʻlari xorijdan Oʻzbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash 2021-yil 1-sentyabrdan toʻxtatilgan.

Shu sababli 2022-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-yanvargacha Jamgʻarmaga har oyda 2,5 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha mablagʻlar Davlat byudjetidan ajratiladi.

Ushbu mablagʻlar hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targʻib qilish kabi maqsadlar uchun sarflanadi.

Farmon bilan shuningdek, qadamlar uchun pul toʻlash tartibiga oʻzgartirish kiritildi. Unga muvofiq, endilikda 1 sutkada 10 ming va undan koʻp qadam yurgan 18 yosh va undan katta fuqarolar oʻrtasida yutuqli oʻyinlar oʻtkaziladi.

Har oy yakunida esa yutuqli kuponlar oʻrtasida qimmatbaho sovrinli oʻyinlar oʻtkaziladi.

Ilgari yuqoridagi talablarga mos fuqarolarga kunlik 3 ming soʻmdan toʻlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер