“Yoshlar sportni tanlaydi” shiori ostida sport festivali tashkil etildi

00:32 28 May 2023 Sport
672 0

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “LUKOIL Uzbekistan Operating Co” MCHJ hamkorligida “Yoshlar sportni tanlaydi” shiori ostida katta sport bayrami boʻlib oʻtdi.

Unda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, kompaniya bosh direktorining oʻrinbosari Vadim Kuzmin, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati hamda oʻzbek sportining taniqli yulduzlari, sport faxriylari, yuzlab sportsevar yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida turli sport burchaklari tashkil etilib, ularda yosh sportchilar va para sportchilar oʻz mahoratlarini koʻrsatishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?