Yoshlar sayilgohi foydalanishga topshirildi

Foto: “Xalq soʻzi”
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan Fargʻona shahrida Yoshlar sayilgohi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan bayram tadbirida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etib, sayilgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda barkamol avlod vakillari bilan samimiy suhbatlashdi.
— Sayilgoh shahrimiz markazidagi Kashtanzor koʻchasida — Ahmad Fargʻoniy nomidagi xiyobon, Fargʻona davlat universiteti hamda bir qator maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari joylashgan hududda faoliyat boshlagani yoshlar uchun ayni muddaodir, — dedi Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari Yusufxon Yusupov. — Yoshlar saylgohi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyiha doirasida tashkil etildi. Ezgu tashabbusni amalga oshirish maqsadida davlat byudjetidan 1 milliard 32 million soʻm, shu bilan birga 500 million soʻm homiylik mablagʻlari jalb etildi.
Saylgohda gullar bilan bezalgan yoʻlaklar, tungi yoritish chiroqlari oʻrnatilgan boʻlib, kinoteatr, restoran va “book-cafe”lar, shaxmat, stol tennisi, PlayStation oʻyinlari hamda karaoke hududlari hamda fotozonalar faoliyat koʻrsatadi.
Xayrullo Bozorov sayilgohda yigʻilgan yoshlarni bayram bilan qutlab, orzu-maqsadlari, ilm-fan, tadbirkorlik sohasidagi rejalari bilan qiziqdi.
Shuningdek, viloyat hokimi tadbir doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 nafar yigit-qizga subsidiya asosida pishiriq pechlari, tikuv mashinalari hamda sartaroshlik mebellarini taqdim etdi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring