Yoshlar oyligi doirasida stol tennisi musobaqalariga start berildi

18:36 03 Dekabr 2021 Jamiyat
389 0

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil qilingan “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostidagi yoshlar oyligi borgan sari qizg'in tusga kirmoqda.

Mazkur oylik doirasida tashkil qilingan sport musobaqalarida 1000 dan ziyod yoshlar turli yo'nalishlarda o'zaro bellashmoqdalar. 

Jumladan, 2021-yil 1-dekabr kuni Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan stol tennisi boʻyicha bahslarga start berildi.

Musobaqada 300 nafar yigit-qizlar ishtirok etdi.

Madina G'uzorova, "Xalq so'zi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?