Yoshlar muammolar boʻyicha bevosita moliya vaziriga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi

17:31 13 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1408 0

Subsidiyalar berishning ochiq-oshkoraligini taʼminlash maqsadida “elektron platforma” ishga tushiriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etildi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

Bunda yoshlar ushbu platformadan tunu-kun (24 soat) foydalanishi, muammolari boʻyicha bevosita moliya vaziriga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Viloyat, tuman (shahar) moliya boʻlimi boshliqlari oʻzi yurib, mahallabay yoshlar bilan uchrashib, byurokratiya va korrupsiyasiz subsidiya ajratishga shaxsan javobgar boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?