Yoshlar masalasi bilan yetarli darajada shugʻullana olmayaptimi ularning kelajakka ishonchi yoʻq. Ular davlat siyosatiga xiyonatchi — Shavkat Mirziyoyev

17:01 13 Aprel 2021 Siyosat
478 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda yoshlar masalasida sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan, “aravani torta olmayotgan” mutasaddilar va hokimlar jiddiy tanqid qilindi.

— Ayrim rahbarlarning yoshlar masalalariga eʼtibori, hali ham talab darajasida emas, — dedi Prezident. – Yoshlar masalasi bilan yetarli darajada shugʻullana olmayaptimi ularning kelajakka ishonchi yoʻq. Ular davlat siyosatiga xiyonatchi.

Misol uchun, Andijon viloyatida 80 ming nafar ishsiz yoshlardan, birinchi chorakda 35 ming 600 nafarining bandligi taʼminlangan boʻlsa, shundan bor-yoʻgʻi 5 mingga yaqini doimiy ishlarga joylashtirilgan, xolos.

Vaholanki, bugungi kunda viloyatda sanoat korxonalari va klasterlarda 7 mingta doimiy vakant ish oʻrinlari mavjud.

Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari va Xonobod shahrida boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.

Xuddi shu kabi ishsiz yoshlarni kasb va tadbirkorlikka oʻqitishda ham muammolar bor.

Ayniqsa, Kosonsoyda 4,5 ming nafar ishsiz yoshlarning 31 nafari, Namangan tumanida 3,6 ming nafardan 47 nafari, Taxtakoʻpirda 1,3 ming nafardan 45 nafari oʻqitilgan, xolos.

Shuningdek, yoshlarning oʻzini oʻzi band qilishi uchun Bandlik jamgʻarmasidan 7 million soʻmgacha subsidiya ajratilishi belgilangan boʻlsa-da, Qashqadaryoda bor-yoʻgʻi 5 nafar, Andijonda 11 nafar, Qoraqalpogʻistonda 76 nafar yoshga subsidiya ajratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?