Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh faol va tashabbuskor sportchi yoshlar mukofotlandi

13:45 30 Iyun 2021 Sport
1411 0

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.

Farmonda taʼkidlanishicha, bugungi kunda yangi Oʻzbekiston yoshlariga har tomonlama eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yoʻnalishiga aylanmoqda. Jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Bu jarayonda oʻz taqdiri va kelajagini Vatanimiz taqdiri va istiqboli bilan uzviy bogʻliq holda koʻradigan, shu yoʻlda har qanday sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishga, jasorat va matonat koʻrsatishga tayyor boʻlgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan oʻgʻil-qizlarimiz safi tobora kengayib borayotganini alohida taʼkidlash lozim.

Oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimizdan bir guruhi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular qatorida bir guruh sportchi yoshlarimizning ham borligi bizni quvontiradi. Quyida mukofotga sazovor boʻlgan sportchi yoshlarimiz bilan tanishing:

“Shuhrat” medali bilan:

Abdullayev Gʻulomjon Ozodovich – erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay uli – yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Dayibekova Zaynab Kazbekovna – qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Matniyazova Gulnoza Jumaboy qizi – dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Sadullayeva Safina Erkinovna – yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Turdibekova Sitora Shavkat qizi – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Oʻktamova Nigina Jasur qizi – boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?