“Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarma bosh hisobchisi ishdan boʻshatildi. U katta kamomadga yoʻl qoʻygan

18:05 21 Fevral 2021 Iqtisodiyot
537 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi rasmiy bayonot berdi.

“Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi sobiq bosh hisobchisi A.U. jamoa oʻrtasida muntazam ravishda nosogʻlom muhitni yuzaga kelishiga sababchi boʻlganligi uchun ishdan boʻshatilgan. Mazkur holat sud jarayoni orqali ham oʻz tasdigʻini topgan.

Shuningdek, A.U.ning faoliyati oʻrganilganda ushbu kamomad Jamgʻarma tomonidan aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga Jamgʻarma tomonidan taqdim etilgan.

Bugungi kunda qarib 500 mln. soʻm undirilgan va mol-mulklari xatlovga olingan.

“Mazkur holatga befarq boʻlmay, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz fikr va mulohazalarini bildirayotgan faol fuqarolarimizga shuni maʼlum qilamizki, oʻz nafsini jilovlay olmaydigan bir nafar xodimning xatti-harakatlari butun tashkilotga nisbatan salbiy baho berish uchun asos boʻlmasligi kerak”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?