Yoshlar ittifoqi 630 yosh oilaga 3 yil avval berilishi kerak boʻlgan uylarni yil oxiriga qadar topshirishga vaʼda berdi

Yaqinda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura hamda Yoshlar ittifoqi mutasaddilari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtayi nazarni shakllantirish” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtgandi.
Unda yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Savol-javob jarayonida OAV muxbirlaridan biri korrupsiya Yoshlar ittifoqi tizimining oʻzida mavjud yoki yoʻqligi, xizmat faoliyati davomida xodimlarning pora olishi bilan bogʻliq nechta holat qayd etilganini soʻradi. Ittifoq boʻlim boshligʻi Akmal Alimov hozir bu haqida aniq maʼlumot bera olmasligini bildirdi.
Jurnalistlar fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport sohalarida katta yutuqlarga erishgan yosh oilalarga boshlangʻich toʻlovini toʻlab berish sharti bilan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar asosida “Yoshlar uylari”ni berish jarayoni hozirda qanday kechayotgani haqida savol berdi. Xususan, 2017-yildan buyon Toshkent shahrida imtiyozli shartlar bilan uy sotib olish uchun, jamiyatda faol va iqtidorli boʻlgan 630 nafar yoshga maxsus sertifikat topshirilgani, ammo hanuzgacha uy-joydan darak yoʻq ekani qayd etildi.
“2019-yilning yarim yillik davri mobaynida 150 nafar yosh oilaga Choshtepada qurilgan uylar topshirildi, — dedi Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov. — Koʻpchiligi hozir borib yashamoqda”.
Mutasaddilar ayni kunlarda bu uylarni toʻla qurib bitkazish ishlari yakunlanayotganini maʼlum qildi.
“Bu yildan qolmaydi, — dedi Nodir Abduqodirov. — Toshkent shahri miqyosida hujjat topshirgan, tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtgan va tavsiya etilgan barcha nomzodlar yil oxiriga qadar oʻzlariga vaʼda qilingan uylarga koʻchib kirishadi. Hech qanaqa muammo yoʻq. Dastlabki oʻsha 150 ta nomzod uchun Yoshlar ittifoqi tomonidan boshlangʻich badal pullari toʻlab berilgan. Ittifoq roʻyxatdagi 600 dan ortiq boshqa yosh oilalarning badal pullarini ham sentyabr oyi davomida toʻliq toʻlab beradi. Biz oʻzimizga yuklatilgan barcha vazifalarni bajaramiz”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring