Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi

23:25 12 Mart 2023 Jamiyat
382 0

Foto: Arxiv surat

“Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–92-son, 11.03.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan “Nuroniy” jamgʻarmasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.

“Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan aʼzolari biriktiriladi.

“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib borish tizimi joriy etiladi.

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?