Yoshlar - giyohvandlikka qarshi

10:53 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
263 0

Foto: Халқ сўзи

Termiz shahrida viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, turizm va sport, ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida “Biz - yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida yurish marafoni oʻtkazildi. Unda 4 mingdan ortiq ijtimoiy soha va yoshlar vakillari ishtirok etdi.

- Bugungi kunda giyohvandlik umumbashariy muammoga aylandi, - deydi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi J. Choriyev. - Insoniyatga juda katta xavf tugʻdirayotgan bu illatga qarshi kurashish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurash borasidagi xalqaro konvensiyalarning toʻlaqonli ishtirokchisi sifatida muhim chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi tadbir orqali biz aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishni maqsad qildik. Yurish marafonida yoshlarimiz faol ishtirok etganini qayd etish joiz.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?